Husanov "Siti"ning transfer rejasini o‘zgartirdi!
Muhammadqodir Ruzmatov
Abduqodir Husanov jarohat tufayli O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olmadi.
"Manchester Siti" qishki transfer oynasida o‘ng qanot himoyachisini xarid qilishni rejalashtirgan edi. Biroq ushbu pozitsiyada Abduqodir Husanovning ishonchli harakatlari rahbariyat rejalarini o‘zgartirdi.
"Sky Sports News" nashri xabar berishicha, "shaharliklar" rahbariyati Husanovning so‘nggi paytlardagi ajoyib o‘yinlari tufayli yaqin vaqt ichida yangi fulbek sotib olish niyatidan qaytgan. Manbaga ko‘ra, klub transfer rejalarini kamida kelasi yozgacha to‘liq to‘xtatib turishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi joriy mavsum APL doirasida 4 ta bahsda maydonga tushgan. Ayni paytda futbolchi jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Izohlar (0)