Husanov transferi bo‘yicha muhim yangilik!

  • 16 yanvar, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning 2025 yildagi birinchi transferi bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda “shaharliklar” legionerimizning o‘zining roziligini olgan, “Lans”ni o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirgan.

Tecno

Kelishuvga erishilganiga bir necha kun bo‘lganiga qaramay, transfer hali rasman e’lon qilinmagani turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.

Angliya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar va izohlarni e’lon qila boshladi. Xususan, cityxtra.co.uk portali  transferga oid quyidagi tahlilni muxlislar e’tiboriga havola qildi.

- Juma kuni “Manchester Siti” yangi yilning birinchi transferini e’lon qilish oldidan tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Sport direktori Chiki Begiristayn va uning hamkasblari yangi nomlarni kashf etish va qishki transferlar davrida Xosep Gvardiola boshchiligida amaldagi chempion jamoa tarkibini shakllantirish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda.

Klub yanvarda to‘rttaga yangi o‘yinchi olishi rejalashtirilgan. Ulardan ikki nafari markaziy himoyachilar ekani aniq bo‘ldi va yana biri Erling Xolandga raqobat qiladigan hujumchi Umar Marmush bo‘ladi.

“Manchester Siti” mutasaddilari “Palmeyras” klubi bilan kelishuvga erishgan va ularning 19 yoshli markaziy himoyachisi Vitor Reys Buyuk Britaniyaga etib kelishi kutilmoqda.

O‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovni o‘zining asosiy transfer nishoni sifatida belgilagan  “Etixad Stedium” egalari o‘tgan hafta oxirida “Lans” bilan bu transfer bo‘yicha barcha masalalarni ijobiy yakunlab bo‘lgan edi. “Shaharliklar” hozir to‘lanadigan mablag‘larni shakllantirish bilan band.

Endi 40 million evrolik transfer doirasida Abduqodir Husanov juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu ma’lumotlarni The Mirror nashri eksperti Rayan Teylor ham tasdiqladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klublar tomonidan barcha hujjatlar tasdiqlangan va imzolangan, biroq 20 yoshli futbolchi “Manchester Siti”ga rasman o‘tishdan oldin unga mamlakatda ishlash huquqini beradigan ishchi vizasi berilishini kutmoqda.

Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik himoyachiga “Pari Sen-Jermen” va “Real Madrid” ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq Xosep Gvardiola bu o‘yinchining transferini shaxsan ma’qullaganidan keyin Husanov “Manchester Siti”ni tanladi.

Mana endi futbol hamjamiyati yilning ertaknamo transferi rasman o‘z tasdig‘ini topishini kutmoqda, - deb yozdi cityxtra.co.uk portali.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferi uchun “Lans”ga 40 million evro badal puliga qo‘shimcha tarzda 10 million evro bonus to‘laydigan bo‘ldi. Shu tariqa, o‘zbek futbolchisi “Lans” tarixida eng qimmatbaho transfer egasiga aylanadi.  

"Manchester Siti" nega aynan Husanovni tanladi?

“Roma” Shomurodovni qachon va qaysi jamoaga qo‘yib yuboradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!