Husanovni eksperiment qilishni to‘xtating!
Enzo Mareska Abduqodir bo‘yicha tanqid ostida qoldi
"Manchester Siti" Angliya Premier-ligasining sakkizinchi turida muxlislarini ranjitdi. Qatorasiga ettita o‘yinda zafar quchgan jamoa bu gal safarda "Aston Villa"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ayni paytda statistika markazlari va ekspertlar manchesterliklarning o‘yinini tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash, o‘yinchilarni baholashga e’tibor qaratmoqda.
Ilk mag‘lubiyatdan keyin ham "shaharliklar" Angliya Premier-ligasida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Ammo endi "Arsenal" ochkolar bo‘yicha tenglashib, faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra orqada bormoqda.
"Aston Villa" maydonidagi bahsda Abduqodir Husanovning o‘yini ko‘pchilikka
ma’qul keldi. Birinchi bo‘limda himoyaning o‘ng qanotida o‘ynab, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, hujumga qo‘shilgan o‘zbek futbolchisi tanaffusdan keyin joyini o‘zgartirdi.
Bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, Husanov himoya markazini mustahkamlash uchun asl pozitsiyaga qaytarildi.
Abduqodirning o‘yini nufuzli statistika markazlari tomonidan juda yuqori baholandi. Xususan, WhoScored portali baholariga ko‘ra, "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda "Manchester Siti" safida eng yaxshi futbolchi bo‘ldi: Abduqodir Husanov – 8 ball, Jeremi Doku – 7,8 ball, Erling Holand – 7,6 ball.
Husanov butun o‘yin davomida ishonchli harakat qilib, jamoa tarkibida eng yaxshi futbolchi sifatida munosib ravishda e’tirof etildi.
Sofascore portali o‘zbek himoyachisini 7,4 ballga loyiq ko‘rdi va bu "Manchester Siti" o‘yinchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Flashscore xizmati Husanovning maydondagi harakatlarini 8,0 ball bilan baholadi va bu borada Abduqodir faqat Jeremi Dokudan (8,1 ball) ortda qoldi.
Futbol ekspertlari esa, mag‘lubiyatga asosan Enko Mareskaning tarkib tanlashdagi xatosini sabab qilib ko‘rmatmoqda. Xususan, markaziy himoyachi Mark Gexining o‘zirgi o‘yinlardagi qo‘pol xatolari bir necha gollarga olib kelgan.
Global Football Vibes sayti ekspertlari Enco Mareskani Husanov bo‘yicha pozitsiyani tanqid qildi.
- Enco Mareska Abduqodir Husanovni o‘ng qanot himoyasida eksperiment qilishni, to‘xtat!, - deyiladi sayt xulosasida.
Bu fikrni ko‘psonli muxlislar ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular himoya markazini Abduqodir Husanov va Yoshko Gvardiol juftligiga topshirishni so‘ramoqda.

Izohlar (0)