Husanovning raqobatchisi qancha muddatga safdan chiqdi?

  • 06.01.2026 02:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Angliya Premier-ligasi 20-turning markaziy bahsida "Manchester Siti" "Chelsi" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Shaharliklar" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarganidan tashqari, ikki markaziy himoyachisi ham ushbu bellashuvda jarohat olib safdan chiqdi. 
 
"Manchester Siti" klubining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Yoshko Gvardiol o‘ng oyog‘ining boldir suyagini sindirib olgan. Shu bois, xorvatiyalik himoyachi 3-6 oy manchesterliklarga yordam bera olmasligi mumkin. 

Manchester City's Josko Gvardiol leaves the pitch after incurring an an injury during the Premier League match at the Etihad Stadium, Manchester....
 
Ma’lumot o‘rnida, kechagi to‘qnashuvda Gvardiolning o‘rniga 50-daqiqada O‘zbekiston milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov zahiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. Yoshkoning jarohati Husanov uchun asosiy tarkibga qaytish uchun yaxshi imkoniyat deb aytilmoqda. 

Abdukodir Khusanov of Manchester City during the Premier League match between Manchester City and Chelsea at Etihad Stadium on January 04, 2026 in...
 
Yoshko Gvardiol va Ruben Diashning jarohati sabab, klub rahbarlari ijaradagi Maks Alleynni ijaradan muddatidan oldin qaytarib oldi. Shuningdek, Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, jamoa qishki transferlar oynasida Mark Gexi uchun kurashishni rejalashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!