
Husniddin polvon jahon chempioni!
Xabaringiz bor, Qozon shahrida BRIKS o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnir doirasida belbog‘li kurash vakillari ham munosib ishtirok etib, 20 ta medalni qo‘lga kiritgan edi. Ulapr orasida 82 kg vazn toifasida Husniddin Ro‘ziev barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqandi. Qiziqarli jihati, BRIKS o‘yinlari yakunlangandan so‘ng, aynan Qozon shahrida tatar kurashi bo‘yicha jahon chempionati ham bo‘lib o‘tdi. Unda 85 kg vaznda qatnashgan Husniddin Ro‘ziev raqiblariga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, jahon chempionligiga erishdi. Biz ushbu polvonimiz bilan bog‘lanib, tatar kurashi haqida biroz ma’lumot oldik.
- Xusniddin avvalo qo‘shaloq chempionlik bilan tabriklaymiz!
- Katta rahmat. Avvalo, Yaratganni inoyati, sababchilari bo‘lgan yaqinlarim va murabbiylarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
- Qiziq jihati, BRIKS o‘yinlarida umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin 2-o‘rinni band etibsizlar. Nahotki, Rossiyada ham belbog‘li kurash rivojlangan bo‘lsa?
- Albatta, rus polvonlari juda ham mashhur sanaladi. Asosiy raqobatchilarimiz hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Belarus belbog‘li kurash bo‘yicha juda kuchli...
- Qozonda BRIKS o‘yinlaridan so‘ng, tatar kurashi bo‘yicha jahon chempionatida ham g‘olib bo‘libsiz?
- Ha, juda qiyin bo‘ldi, lekin udldaladik.
- Endi, tatar kurashi haqida ozgina tushuncha bersangiz?
- Deyarli belbog‘li kurash bilan bir xil. Ba’zi qoidalarida o‘zgarishlar bor. Belbog‘li kurash desak ham bo‘laveradi. Shuning uchun ham Rossiya belbog‘li kurash bo‘yicha kuchli hisoblanadi. Chunki, Rossiya tarkibidagi ko‘plab avtonom Respublikalarni belbog‘li kurashga yaqin milliy kurashlari bor.
- Hozirgi kunda jahondagi eng ommabop yakkakurash yo‘nalishi bo‘lgan MMAda bir qator siz bilan birga shug‘ullangan belbog‘li kurashchilar yaxshi natija ko‘rsatyapti. Jumladan, Xotam Boynazarov, Nodir Ahatjonov, Kamron Ortiqov, Mavlonbek Mirkomilov bunday nomlarni ko‘plab keltirishim mumkin. Nima demoqchi bo‘layotganimni tushungan bo‘lsangiz kerak?
- Tushundim albatta. Ko‘ramiz, balki biz ham o‘zimizni sinab ko‘rarmiz. Yuqorida sanab o‘tganlaringizni barchasi ukalarimiz, do‘stlarimiz bo‘ladi. Ko‘p aytishadi. Ayniqsa, bitta Doniyorbek Ro‘ziev degan qitmir jo‘ram bor, Kamron Ortiqovni murabbiyi, o‘sha ko‘p marotaba jang qil, jang qil deydi. Balki oktagonga ham chiqib qolarmiz. Xech qachon xech qachon dema deyliku.
Fikrlar