Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ibrohimni Angliyaning 5 ta klubi talashyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yana bir yulduz porlay boshladi

«Bayer»ning hujumkor futbolchisi Ibrohim Maza faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga Londonning ikki klubi — «Arsenal» va «Tottenxem» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Jazoir terma jamoasi a’zosiga Premier-liganing yana bir qator jamoalari — «Chelsi», «Manchester Siti» va «Aston Villa» ham ko‘z tikkan.

Joriy mavsumda Maza barcha musobaqalar hisobga olingan holda beshta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va ikki marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yosh futbolchining «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q