Igor Sergeev RPL klubiga o‘tmaydi
"Paxtakor" futbolchisi Igor Sergeev RPLning “Krylya Sovetov” jamoasiga o‘tmaydi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Magomed Adiev rossiyalik jurnalist Aleksandr Troitskiy bilan suhbatda ma’lum qilgan.
“Biz Sergeev nomzodini ko‘rib chiqqan edik. Men shaxsan Igor bilan ham gaplashdim. Lekin o‘ylaymanki, u "Krylya"ga kelmaydi. Hujumchining boshqa rejalari bor. Aytaylik, ba’zi nuqtalarda fikrlarimiz mos kelmadi.
Igor juda malakali futbolchi. Shu bois, albatta, unga qiziqish bo‘lgan. Unga uzoq va muvaffaqiyatli karera tilayman, jahon chempionatida o‘zini ko‘rsata olsin. Biz unga va O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilamiz.”
Avvalroq, Sergeev Eronning “Persepolis” klubi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar