Iker Muniain: Ajralish vaqti keldi

  • 24 aprel, 2024, 16:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iker Muniain "Atletik"ni tark etadigan bo‘ldi. 

31 yoshli yarim himoyachi mavsum yakunida basklar tarkibini tark etishini ma’lum qildi. U "Atletik" tizimida 19 yildan beri, asosiy jamoada esa 15 mavsumdan beri to‘p tepib kelyapti. 

"Sen - mening hayotimdagi eng yaxshisisan, ammo endi ajralish vaqti keldi", - dedi Muniain. 

U "Atletik" tarkibida jami 557 ta bellashuvda maydonga tushib, 75 ta gol va 70 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Bundan tashqari, Ispaniya kubogi va Superkubogini (2 marta) ham yutgan. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!