Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ikki grand oddiy jamoa oʻyinchisini talashyapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Hali bu futbolchini ko‘pchilik tanimaydi

«Manchester Yunayted» tarkibini kuchaytirish maqsadida «Shtutgart» markaziy himoyachisi Finn Yelch bilan jiddiy qiziqmoqda. 20 yoshli futbolchi uchun kurashda «qizil iblislar»ga yana bir yirik klub — «Bavariya» raqobat qilishiга to‘g‘ri keladi. 

Nemis himoyachisining ehtimoliy transferi manfaatdor jamoaga taxminan 50 million yevroga tushishi aytilmoqda. Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.

O‘tgan mavsumda Yelch barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi. Uning amaldagi shartnomasi «Shtutgart» bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchining bozor qiymati hozircha 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q