Iliya Topuriya: "Islam Maxachev uni enga olishimni biladi"
Yarim engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya engil vazn chempioni Islam Maxachev ustidan g‘alaba qozonishga ishonmoqda.
"Islam uni qanday mag‘lub eta olishimni biladi. Maxachevning dog‘istonlik ekani hammaga ma’lum. Bolaligimda yunon-rum kurashi bo‘yicha turnirilarda qatnashganimda ko‘plab dog‘istonliklar bilan bellashganman. Men ularning fikrini o‘qiy olaman, ularni nima tashvishga solishi va qanday zaif jihatlari borligini bilaman", - dedi topuriya "KOImerino" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) 26 oktyabr kuni " UFC 308" turnirida Maks Xollouey(26-7)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar