Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ilyos Zeytullaev "Bunyodkor" bosh murabbiyi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 1

Yangi murabbiy saylandi

Ilyos Zeytullaev “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
O‘tgan mavsum ushbu jamoaning murabbiylar shtabida ish boshlagan, qisqa vaqt ichida muxlislar mehrini va ishonchini qozongan mutaxassis Ilyos Zeytullaev “Bunyodkor” bosh murabbiyiga aylandi. 
 
Shu kunlarda Belgiyada Pro litsenziyasi kurslarida tahsil olayotgan Ilyos Bekirovich safar oldidan “qaldirg‘ochlar” bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Bekirovich va uning murabbiylar shtabi 2025 yilgi mavsumda o‘z ishlarini boshlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q