Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Insayder Modrichning qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Luka Modrich 2026 yil jahon chempionati yakunlangach katta futboldan ketadi va «Milan» bilan shartnomasini uzaytirmaydi.

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich professional faoliyatini qachon yakunlashi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi.
 

Insayder Daniele Longoning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Modrich 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yakunlangandan so‘ng katta futbol bilan xayrlashishini e'lon qiladi.
 

Manbaga ko‘ra, futbolchi muddati tugayotgan shartnomasini «Milan» bilan uzaytirish niyatida emas. Sababi sifatida u klubning kelajakka mo‘ljallangan loyihasi unga yetarlicha ishonch uyg‘otmayotganini ko‘rsatgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q