Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Insayder Rafinya "Barsa"dan ketishiga ishora qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga yaxshi takliflar bor

Kataloniya klubi hujumchisi Rafinyaning jamoani tark etishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Mashhur jurnalist Jerar Romero braziliyalik futbolchi kelajagi borasida fikr bildirib, uning «Barselona»dan ketishiga ishora qildi.

- Reşford ketdi, «Barselona» esa Gordonni oldi. Levandovski ketdi, «Barselona» Xulian Alvaresni chaqiryapti. Endi esa ular Karim Adeyemini olishga harakat qilyapti. Bu holatda Rafinya ketadimi yoki Runi Bardagji?, – deya ta’kidladi Romero.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Rafinya faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q