Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Inter" A Seriya rekordini o‘rnatdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Kalyari"ga qarshi o‘yin oldidan ajoyib natija!

Italiya chempionatining 31-turida "Inter" safarda "Udineze" ustidan irodali g‘alabaga erishib, turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. 

Milanliklar chempionat boshidan beri ketma-ket 31-o‘yinda gol urdi. Bu esa Italiya A Seriyasidagi yangi rekorddir. Italiyada hech bir jamoa bu natijani qayd etmagan edi. Hozirda klub hisobida 75 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, 3 va 4-o‘rinlarda borayotgan "Yuventus" va "Bolonya" klublari atigi 45 tadan gol urishgan. Chempionatning navbatdagi turida "Inter" klubi “Kalyari”ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q