Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Inter» Bastonini 80 million yevroga baholamoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Barselona» «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini 80 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Barselona» klubi «Inter» tarkibida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasidan hali ham voz kechmagani xabar qilinmoqda. Bu haqida El Nacional nashri ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» rahbariyati futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq milanliklar o‘z yetakchi himoyachisini arzonga qo‘yib yuborish niyatida emas. Klub Bastoni uchun taxminan 80 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda.

Joriy mavsumda Alessandro Bastoni «Inter» safida olti o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda himoyachi gol yoki golli pas bilan ajralib tushmadi. Eslatib o‘tamiz, Bastoni «Inter» tarkibiga «Parma» klubidan o‘tgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q