Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Inter» Dimarko bo‘yicha qaror qabul qildi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Inter» himoyachi Federico Dimarko bilan shartnomani 2028 yil iyunigacha uzaytirish optsiyasidan foydalandi.

 «Inter» klubi himoyachi Federico Dimarko bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish bo‘yicha mavjud optsiyadan foydalandi. Endi futbolchi bilan kelishuv 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Bu haqdagi ma’lumotni insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Shundan so‘ng rahbariyat Dimarko bilan yanada uzoq muddatli yangi shartnoma yuzasidan muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda. Tomonlar o‘rtasida uchrashuvlar allaqachon belgilab qo‘yilgan.

Federico Dimarko 2018 yil iyul oyidan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda.  Uning transfer qiymati taxminan 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Italiya chempionati doirasida 28 yoshli himoyachi 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q