"Inter" himoyachisi APL klublarini rad etdi

  • 27.07.2025 16:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" jamoasi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissek yaqin vaqt ichida Angliya Premer-ligasining bir nechta klublaridan taklif olgan, ammo barchasini rad etgan. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.

24 yoshli futbolchi "nerrazurrilar" safida qolish va Kristian Kivu boshqarayotgan jamoada o‘zini namoyon qilishni istaydi. Shuningdek, Bissek kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi safida qatnashishni orzu qilmoqda.

U o‘tgan mavsumda "Inter" uchun 46 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam berdi. Transfermarkt portali esa fulbekning narxini 35 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!