“Inter Mayami” egasi Messining maoshini oshkor qildi
“Inter Mayami” klubi egasi Xorxe Mas jamoa hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi va klub uchun homiylik shartnomalari nega juda zarurligini tushuntirdi.
- Menga jahon darajasidagi homiylar kerak bo‘lishining asosiy sababi – futbolchilar qimmat turadi. Men Lionel Messiga yiliga 60–70 million yevro to‘layman.
Barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda shuncha summa kelib chiqadi. Ammo u bu xarajatlarga arziyadi, - dedi Xorxe Mas.
Argentina yulduzi hozirda dunyoda eng katta maosh oladigan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Messi bu borada faqat “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan orqada qolyapti xolos.
Messi 2023 yilda “Inter Mayami”ga o‘tgan va shundan beri Florida klubi safida 90 ta o‘yinda ishtirok etib, 79 ta gol urgan.
Fikrlar