“Inter Mayami” xo‘jayini Messi jamoada qachongacha o‘ynashini aytdi

  • 6 dekabr, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Xorxe Mas argentinalik yulduzning kelajagiga bog‘liq ma’lumot chiqardi.

Ma’lumki, 37 yoshli futbol yulduzining amerikaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning 31 devabr kuni o‘z yakuniga etadi.

- Men Lionel Messi 2026 yili yangi arenamizni ochganimizda ham biz birga bo‘lishiga yuz foiz aminman. Mavsumlar oralig‘ida men Leo bilan gaplashdim.

Salomatligi imkon berar ekan, Messini bizning libosimida o‘ynayotganini ko‘ramiz. Uning kelajagidan ko‘nglim xotirjam, - dedi Xorxe Mas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!