Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Inter" "Monako" vingerini nishonga oldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Frantsiya klubi o‘z vingerini juda qimmatga baholanmoqda

Italiyaning "Inter" klubi qanot xujum chizig‘iga yangi qon quyish maqsadida "Monako" a’zosi Magnes Akliushni kuzatib bormoqda.

Frantsiya nashrlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, "nerazurrilar" Lukman transferidagi muammolar sabab 23 yoshli futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Biroq, frantsuz klubi o‘z futbolchisini 70 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu esa "Atalanta" Lukman uchun so‘ragan puldan xam ko‘proq. Hujumchining "Monako" bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda umumiy 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q