Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Inter" uzr, "Barsa" varianti chiqib qoldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat kutilmaganda o‘zgarib ketdi

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero «Barselona»dan taklif kutyapti.

Yaqin kunlarda argentinalik futbolchi «Inter»ga o‘tishiga oz qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Biroq Sport nashri ma’lumoticha, 28 yoshli himoyachi «neradzurri» bilan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatgan. Sababi – u «Barselona»dan rasmiy taklif tushishiga umid qilmoqda.

Futbolchining agentlari ham kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan bu transferni amalga oshira olishiga ishonmoqda va klub keyinroq muzokara boshlashini kutmoqda. 

Shu bois «Inter» rahbariyati transfer bozorida Romeroga alternativ nomzodlarni qidirishga majbur bo‘ldi.

Avvalroq Kristian Romeroning Italiya klubiga ehtimoliy transferi taxminan 40 million yevro atrofida baholanyotgani xabar qilingan. Markaziy himoyachining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q