"Inter" va "Bavariya" "Lids" himoyachini ko‘zlamoqda
«Lids» himoyachisi Tarik Muharemovich uchun «Bavariya» va «Inter» qiziqmoqda, klub uni 70 million yevro atrofida baholagan.
«Lids» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy himoyachi Tarik Muharemovich Angliya premer-ligasidan tashqarida ham faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga tayanib ma’lum qilinmoqda.
Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatini myunxenlik «Bavariya» va milanlik «Inter» klublari bildirgan. Avvalroq Muharemovichga kataloniyalik «Barselona» tomonidan ham qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Lids» rahbariyati esa ehtimoliy transfer uchun himoyachiga 70 million yevro atrofida baho qo‘ygani aytilmoqda.
23 yoshli bosniyalik futbolchi 2026 yil yozidan beri ingliz klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Lids» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)