"Inter" yangi hujumchi topdi
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Lа Stampa" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli forvardning xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Milanliklar serbiyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Dushanning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Vlahovich 2022 yildan beri turinliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida forvard 162 ta uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol kiritdi va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar