"Inter" yozda yetkachisi bilan xayrlashmoqchi

  • 07.02.2026 15:12
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi darvozaboni Yann Sommer yozda jamoani tark etadi. Bu haqida insayder Nikolo Skiraning xabar bermoqda. 

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, shveysariyalik posboning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. "Neradzurrilar" rahbariyati ham Sommer bilan xayrlashishga tayyor va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti. Milan klubi 37 yoshli posboning oʻrniga "Tottenxem" darvozaboni Vikariyo variantini koʻrib chiqmoqda. 

Ma'lumot uchun, Yann "Inter" safida 2023 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida posbon 125 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 62 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!