
“Inter”ga 67 ta jamoa o‘z maydonida taslim bo‘ldi
A Seriyaning 20-turida “Inter” safar uchrashuvida “Montsa”ni 5:1 hisobida taslim qilib qaytdi.
Taniqli jurnalist Juzeppe Pastore keltirgan faktga binoan bu bellashuv milanliklarni A Seriyaga tarixiga olib kirdi.
“Inter” Italiya chempionatining yuqori divizionida qatnashgan barcha, ya’ni 67 ta jamoani safar uchrashuvida mag‘lub etgan yagona jamoaga aylandi.
“Inter” klubi 1908 yilning 9 mart kuni tashkil etilgan va 115 yillik tarixga ega. Milanliklar jami 19 marotaba A Seriya g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, mamlakat kubogiga to‘qqiz marta egalik qilgan.
Fikrlar