Iraola "Barsa" yulduzini "Liverpul"ga olib kelmoqchi
Katta transfer bo‘ladi
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal «Liverpul» klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqida jurnalist Juvan Jezus xabar bermoqda.
Manba ma'lumoticha, futbolchining «Liverpul» safida paydo bo‘lishi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Gap shundaki, «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola yosh yarim himoyachining mahoratiga katta baho berib, uni jamoadа ko‘rishni istamoqda.
Shu bilan birga, «Barselona» tarkibidagi raqobat ham Bernal kelajagiga ta'sir qilishi mumkin. Frenki de Yong jarohatdan to‘liq tiklanib, maydonga qaytgach, Mark Bernalning o‘yin amaliyoti keskin kamayishi kutilmoqda. Bu esa futbolchining Kataloniya klubida qolish yoki ketish borasidagi qarorini o‘zgartirib yuborishi ehtimoldan holi emas.
Izohlar (0)