Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Irina Xromachyova uch set kurashdi

Zohir2018
Izohlar: 0

Rus tennischisi uchun yakkalik bahslari yakunlandi

Kolumbiyaning Bogota shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada birinchi davra uchrashuvlari davom etmoqda.

"Claro Open Colsanitas" deb nomlangan turnirning ilk bosqichida rossiyalik Irina Xromachyova sloveniyalik Tamara Zidanshekka 6:4, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Amerikalik Sachiya Vikeri esa yaponiyalik Xiroko Kuvatani 6:4, 6:2 hisobida engdi.

Shu tariqa kolumbiyalik tennis muxlislari, endi ikkinchi davrada Tamara va Sachiya o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘lishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q