Ishsiz qolgan top murabbiylar. Top-5
"Real" Zineddin Zidanni ortga qaytardi. Klub Solarining ishdan olganidan so‘ng , qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazayotganligi borasida ma’lumotlar berayotgandi. Yakunda esa Zidan yana madridliklar bilan kelishuvga erishdi. Quyida esa ayni vaqtda ishsiz qolib ketayotgan mutaxassislar borasida so‘z yuritamiz.
Joze Mourino
Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan yilning dekabr oylarida "Manchester Yunayted"ni tark etdi. Uning "qizil iblislar" bilan sarguzashtlari uzoq davom etgani yo‘q. Oxirgi yillarda portugaliyalik mutaxassisdan qandaydir omad qochgandek. Uning jamoalari sovringa ega chiqish jarayonida omadsizliklar girdobida qolib ketmoqda. Mourinoning o‘zi yozda yangi jamoaga ega chiqishini ma’lum qilmoqda. Ko‘ramiz, uning navbatdagi jamoasi kim bo‘larkin?
Loran Blan

PSJdan ketganidan beri Blan birorta klubda faoliyat ko‘rsatayotgani yo‘q. 2016 yildan beri frantsiya futbolining afsonasi ishsiz qolib ketmoqda. Ammo, yaqinda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis "Lion" yoki "Monako"da ish boshlashga yaqin turibdi. Bu xabarlarga qanchalik haqiqatga yaqin ekanini vaqt ko‘rsatadi.
Antonio Konte

"Chelsi" bilan haligacha qator mojarolar ostida qolib ketayotgan mutaxassis ham ancha vaqtdan buyon ishsiz qolib ketmoqda. Konte yaxshi murabbiy, kuchli mutaxassis. "Chelsi"ni APLda chempion bo‘lishini ta’minlay oldi. Lekin, Diego Kostani jamoadan ketishiga asosiy sababchi bo‘lgan shaxs sifatida ispan matbuoti u borasida yozishdan charchashmayapti. Konte tez orada birorta top klubda faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
Arsen Venger

Bu mutaxassisni "Arsenal"dan ketganidan beri, ishsiz yuribdi. Avvalroq Venger biroz muddat dam olmoqchi ekanini aytib o‘tgandi. Frantsiyalik mutaxassisning dam olish vaqtlari cho‘zilmoqda. Unga PSJdan taklif tushdi. Afsuski, u parijlikar taklifi bo‘yicha uzoq vaqt muzokara qilgani yo‘q. Boz ustiga unga Yaponiya terma jamoasi va klublaridan ham chaqiruv bo‘lgan edi.
Andre Villash-Boash

Murabbiylik kasbi qanchalik shafqatsiz ekanini tushunib etgan yosh mutaxassis aynan Villash-Boash bo‘ladi. Bir qarashda, uning kelajagi hali oldinda deyish mumkin. Biroq portugaliyalik murabbiyning oxirgi vaqtlardagi omadsizliklari hammasidan oshib tushdi. Ketma-ket jamoa almashtirish, omadsiz o‘yinlar, sovrinsiz o‘tkazgan damlar oqibatida Villash-Boash Xitoydan taklif tushdi. U bir muddat hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan birgalikda "Shanxay SIPG"da faoliyat ko‘rsatdi. Afsuski, u erda ham ishlar yaxshi ko‘rinishga kelmaganidan so‘ng, Villash 2017 yildan beri ishsiz yuribdi.
Fikrlar