Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Islam Maxachevni 2025 yilda kamaridan ayrishmoqchi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Amerikalik jangchi dog‘istonlik sportchini engishini aytdi.

Engil vazndagi UFC jangchisi Maykl Chendler kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

"16 noyabr kuni Charlz Oliveyrani yo‘q qilib, fantastik jangni namoyish etaman. Shu tariqa keyingi yil Maxachevga qarshi kurashib, Islamdan kamarni tortib olaman", - deb yozdi amerikalik Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 309" turnirida Maykl Chendler (23-8) braziliyalik Charlz Oliveyra(34-10-1 N/C)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q