Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Islom Maxachev faoliyatini yakunlaydi, agar...

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Hammasi jangchining onasiga bog‘liq!

Vazn toifasidan qat’iy nazar, dunyoning birinchi raqamli UFC jangchisi Islom Maxachev professional faoliyatini qachon tugatishini aytdi.

"Karyeramni yakunlash – uyda ko‘tariladigan eng og‘riqli mavzu. Doim onam bilan shu bo‘yicha suhbatlashaman. Hozircha u menga qat’iy shart qo‘ymadi, biroq yaqinda: "Men Xabib bilan uchrashmoqchiman, u bilan gaplashib olishimiz kerak," dedi. Hali onam va Nurmagomedovni uchrashtirmadim, lekin suhbat mavzusini tushundim. Albatta, agar onam to‘g‘ridan-to‘g‘ri talab qilib, masalani ko‘ndalang qo‘ysa, ha - men faoliyatimni tugataman", - dedi rossiyalik jangchi Murod Aliskerovga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev 15 avgust kuni Filadelfiyada o‘tkaziladigan "UFC 330" turnirida oktagonga qaytishi kutilmoqda. U bilan jang qilish uchun asosiy nomzod divizionning birinchi raqamli vakili, irlandiyalik Ian Machado Garri bo‘lib turibdi. Biroq bu hozircha rasmiy tasdig‘ini topmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q