Islom Maxachev: "Maykl Moralesni bo‘g‘ib o‘ldirish kerak"

  • 19.01.2026 11:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasida (77,1 kg) UFC chempioni Islom Maxachev chempionlikka da’vogarlardan biri – ekvadorlik Maykl Moralesning professional rekordi o‘zgarganiga izoh berdi.

Tecno

"Bir necha kun avval, Moralesning rekordiga mag‘lubiyat yozishdi va oradan biroz o‘tib, raqamlarni o‘z joyiga qaytarishdi. Bu qanday amalga oshdi, bilmadim. Rosti, uning o‘sha qarama-qarshiligini ko‘rdim. O‘shanda Mayklni bo‘g‘ib qo‘yishgandi, biroq keyin buni ko‘rgazmali jang deb e’lon qilishdi. Demak, rekordini buzish uchun yana uni bo‘g‘ib o‘ldirish kerak", - deya Maxachevning so‘zlarini keltirdi "Low Kick MMA" nashri.

Avvalroq, "Tapology" statistika sayti Moralesning rekordiga 2017 yilda "Ultima Pelea" ligasida Rikardo Sentenodan uchralgan mag‘lubiyatni rekordga qo‘shib qo‘ygan, ammo keyinchalik o‘sha bahsni ko‘rgazmali deb hisoblab, yozuvni to‘g‘rilagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!