Islom Maxachev: "Sambo — MMA uchun eng yaxshi poydevor"
UFC chempioni sirni ochiqiladi
UFC chempioni Islom Maxachevning fikricha, sambo MMA uchun eng yaxshi baza hisoblanadi. U jamoasining muvaffaqiyatini aynan shu sport turi va marhum murabbiy Abdulmanap Magomedovning mehnati bilan bog‘ladi.
"Men buni ko‘p marta aytganman — sambo MMA uchun eng yaxshi baza. Jamoamizning muvaffaqiyat siri shundaki, barchamiz faoliyatimizni sambodan boshlaganmiz. Mamlakatimizda o‘tkazilgan deyarli barcha musobaqalarda qatnashganmiz. Murabbiyimiz musobaqalar taqvimini yaxshi bilardi va bizni ham kichik, ham yirik turnirlarga yuborib turardi.
Albatta, muvaffaqiyatimizdagi eng katta hissa marhum murabbiyimiz Abdulmanap Magomedovichga tegishli. U samboga juda katta ahamiyat berardi. Sambo va dzyudodagi g‘alabalarimiz uni hatto yirik tashkilotlardagi chiqishlarimizdan ham ko‘proq quvontirardi", — dedi Maxachev.

Izohlar (0)