Islom Maxachev va Xamzat Chimaev o‘zaro jang qiladimi?
"Dominance MMA Management" agentligi asoschisi va menejer Ali Abdel-Aziz Islom Maxachev (27-1) va Xamzat Chimaev (15-0) o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv haqida qat’iy fikr bildirdi.
“Bu jang hech qachon sodir bo‘lmaydi. Xamzat juda yirik va menimcha, u endi yarim o‘rta vaznga qaytolmaydi. Shuningdek, Maxachev va Chimaev bir-birini juda yaxshi bilishadi, ular bir hududdan – shu sababli, ochig‘i, bu jangda hech qanday ma’no yo‘q”, — deya menejerning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Ma’lumot uchun, Islom ayni paytda UFC ning P4P reytingida ikkinchi, Xamzat esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar