Islom Maxachev yozda oktagonga qaytadi, raqib...

  • 25.03.2026 16:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

"MMA Orbit" Instagram akkaunti rossiyalik UFC chempioni Islom Maxachevning keyingi jangi haqida xabar berdi.

Manbaning yozishicha, taniqli menejer Ali Abdel-Aziz Maxachevning yozda oktagonga qaytishini aytdi. Islomga raqibi sifatida yarim o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan jangchi ko‘rsatilgan. Biroq ushbu xabarlar hozircha rasmiy tasdiqlanmadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda irlandiyalik Ian Garri ushbu divizion reytingida 1-o‘rinda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!