Islom Maxachevga umridaги eng og‘ir jangni beraman
Braziliyalik UFC jangchisi Karlos Prates amaldagi chempion Islam Maxachevga qarshi bahsga tayyorligini ma'lum qildi.
"Maxachev – Gerri jangiga qarab, Islom hamma o'ylaganidek yengib bo'lmas raqib emasligini ko'rdim. Albatta, u juda kuchli, ikki karra chempion... Lekin men tushunmayman: nega hamma uni yengib bo'lmaydi, deb gapiryapti? Go'yoki, Maxachev seni parterga yiqitsa, boshingni ko'tarolmaysan, deyishadi. Qanday qilib turolmayman?
Meni mashg'ulotda ko'rganlar yaxshi biladi: doim o'zimni noqulay, qiyin holatlarga qo'yaman. Kurash bo'yicha aksariyat mashg'ulotlarimni yutqazib qo'yilgan pozitsiyadan boshlayman. O'ylaymanki, men Islomga hayotidagi eng og'ir to'qnashuvni beraman", — dedi Prates "Podcast Connect Cast" loyihasiga bergan suhbatida.

Fikrlar