Islom Maxachевni ana endi yenga olaman!

  • 06.09.2026 17:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Irlandiyalik UFC jangchisi Ian Garri yarim oʻrta vaznda amaldagi chempion Islom Maxachevni magʻlub eta olishiga qatʼi ishonmoqda.

"Albatta, Islom bilan bahs natijasidan mamnun emasman, lekin bu sport. Afsus, oʻsha jangda koʻproq hujum qilib, oyoq zarbalaridan foydalanishim mumkin boʻlsa-da, bunday qilmadim... Biroq hozir unga qarshi yana bellashsam, yuta olishimga ishonaman. Ertayoq yana oktagonga qaytib, barchasini qaytadan sinab koʻrgim kelyapti", — dedi "Machado".

Eslatib oʻtamiz, avgust oyida boʻlib oʻtgan toʻqnashuvda Maxachev hakamlarning yakdil qaroriga koʻra Garri ustidan gʻalaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!