Islom Maxachevni kim enga oladi?
Ahmadbek Eshmatov
Shon O'Melli javob berdi.
UFC sobiq chempioni Shon O'Melli yarim o‘rta vazndagi kamar sohibi Islom Maxachevni kim enga olishini aytdi.
“Islomni kim engoladi? Kimdir bunga qodirmi — buni bilmayman. Biroq Xamzat Chimaev u uchun jiddiy raqib bo‘la oladi. Ularning uslublari ham juda o‘xshash. Lekin mazkur jangni tashkil qilish juda qiyin!" - dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 322" turnirida avstraliyalik Jek Maddalenani mag‘lub etib, UFC chempioniga aylandi.

Izohlar (0)