Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Islom Maxachevning keyingi raqibi oydinlashmoqda

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Avvalroq, Dana Uayt chempionning avgust oyida oktagonga qaytishini ma'lum qilgandi.

Taniqli ispan jurnalisti va insayderi Alvaro Kolmeneroning so‘zlariga ko‘ra, UFC amaldagi chempion Islom Maxachev va yarim o‘rta vazn reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Ian Garri to‘qnashuvi ustida ishlamoqda.

Ushbu qarama-qarshilik avgust oyidagi "UFC 330" turnirida bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Maykl Morales esa promoushen rejalariда hozircha yo‘q.

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt Maxachevning avgust oyida oktagonga qaytishini ma’lum qilgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q