Ispaniya g‘alabasini nishonlash paytida odamlar halok bo‘ldi
G‘alabaning qurbonlari bor
Ispaniya terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash paytida ikki kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq odam turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqida EFE agentligi xabar berdi.
Faqatgina Madriddning o‘zida 36 kishi shifoxonaga yetkazilgan. Barselona klinikalariga esa yana 29 nafar jabrlanuvchi olib borilgan. Madrid politsiyasi kamida 12 kishini qo‘lga olgan: shulardan besh nafari barda sodir bo‘lgan janjal ortidan nafrat asosida sodir etilgan jinoyatlarda ayblanmoqda, yana bir nechta fuqaro esa ommaviy tartibbuzarliklar uchun ushlangan.
Fojeali holatlar Ispaniyaning turli hududlarida qayd etilgan. Syudad-Rodrigo (Salamanka provintsiyasi) shahrida bayram paytida shahar favvorasi konstruksiyasi qulab tushgan. Natijada 13 yoshli o‘smir halok bo‘lgan, yana bir o‘smir oyogi sinib, shifoxonaga yotqizilgan. Toledoda esa 20 yoshli yigit o‘yinni tomosha qilayotgan vaqtda to‘satdan tutqanoq kasali tutib, hodisa joyida vafot etgan.
Sesenyeda 19 yoshli yigit sovuq qurol bilan qilingan hujumdan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Pamplonada esa kapyushon kiygan, qo‘lida tayoq va kaltak bo‘lgan bir guruh shaxs barda o‘yinni tomosha qilayotgan harbiylarga hujum qilgan. Hodisa natijasida olti kishi jarohat olgan, ulardan uch nafari harbiy xizmatchilar ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionati finalida qo‘shimcha daqiqalarda Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Izohlar (0)