ISPANIYA NAVBATDAGI JAҲON REKORDINI O‘RNATDI!
Ispaniya terma jamoasi Chexiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, milliy jamoalar orasida mag‘lubiyatsiz 41 o‘yinlik rekord o‘rnatdi.
3 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Chexiya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi va milliy jamoalar orasida mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu g‘alaba ispanlar uchun mag‘lubiyatsiz 41-o‘yin sifatida tarixga kirdi.
Bugun, 6 oktyabr kuni, Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Agar ispanlar bu uchrashuvda ham mag‘lubiyatdan qutulib qolishsa, o‘z rekordlarini yanada yangilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bukmekerlar tahlillariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasining mag‘lub bo‘lmaslik ehtimoli 95,2 foizga baholanmoqda.

Izohlar (0)