Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ispaniya — O‘zbekiston o‘yinida uchta gol urildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu ikkinchi uchrashuv edi

O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniya yoshlariga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bellashuv Ispaniyaning Albir shahriда bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz saqlandi va jamoalar dam olishga 0:0 hisobida yo‘l olishdi. Ikkinchi taymda esa maydon egalari ustunlikka erishdi va uchta gol urdi.

65-daqiqaга kelib Gilyermo Truxilyano penaltiни aniq amalga oshirib, Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Roberto Tomas 90+1-daqiqayoq hisobni oshirdi. Ortidan yana uch daqiqa o‘tib, Mixal Juk uchinchi gol muallifiga aylandi va natija yakuniy ko‘rinishni oldi — 3:0.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun bu Ispaniyadagi yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘yin bo‘ldi. 

Bundan avval Sergey Chigodaev shogirdlari Urugvay U-17 jamoasiga ham 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 

Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q