Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ispaniya terma jamoasi Torresdan ayrildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ferran Torres chap to‘piғidagi jarohati sababli Ispaniya terma jamoasi ixtiyoridan chiqarilib, uning o‘rniga Karlos Espi chaqirildi.

Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasi rasmiy saytida milliy jamoa hujumchisi Ferran Torres terma jamoa ixtiyoridan chiqqani haqida ma'lumot e'lon qilindi. Sabab sifatida futbolchining chap to'pig'idagi muammolar ko'rsatilgan.

«Avvaliga bu noqulayliklar unga mashg'ulot o'tkazish va o'yinlarda maydonga tushishga to'sqinlik qilmagan edi. Biroq belgilari saqlanib qolayotgani sababli, futbolchini terma jamoadan chaqirib olish va uning to'liq tiklanishini ustuvor vazifa sifatida belgilash to'g'risida qaror qabul qilindi», – deyiladi federatsiya bayonotida.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Ferran Torres o'rniga yoshlar terma jamoasi a'zosi, «Real» klubi futbolchisi Karlos Espini jamoaga taklif etdi.

Ispaniya terma jamoasini yaqin kunlarda Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvlar kutmoqda: 3 oktabr kuni Chexiyaga, 6 oktabr kuni esa Xorvatiyaga qarshi o'yinlar o'tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q