Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni pley-offda kutyapti

  • 12.06.2026 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchilik davrining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan paytda Ispaniyaning  "Espanol" klubi sharafini himoya qilgan Rossiya milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Dmitriy Kuznetsov 2026 yildagi jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Jahon chempionatida men Ispaniya uchun ham, O‘zbekiston uchun ham qayg‘urib tomosha qilaman. Ispaniyani tanlashimga sabab — men La Ligada o‘ynaganman. 

O‘zbekiston esa Rossiyaga yaqin, shu bois ularning muvaffaqiyati men uchun ham muhim. O‘zbek terma jamoasining pley-off bosqichiga chiqishini juda istardim. Aslida, ularning o‘zi jahon chempionatiga yo‘llanma olgani ham tarixiy yutuq, haqiqiy jasorat, deb bilaman. 

Mundialning asosiy favoritlari sifatida esa men Argentina, Braziliya va Fransiyani ko‘ryapman — fransuzlar tarkibi juda kuchli. 

Shu bilan birga, menimcha, Portugaliya ham kutilmagan sovg‘a tayyorlashi mumkin, — dedi Dmitriy Kuznetsov.

Bu galgi jahon chempionatiga AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlari mezbonlik qilmoqda. 11 iyun kuni start olgan va 19 iyulga qadar davom etadigan futbol olamining eng nufuzli musobaqasida tarixda ilk bor 48 mamlakat terma jamoasi qatnashyapti. 

jahon chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston “K” guruhidan joy olgan. Futbolchilarimiz 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da Luis Dias va Xames Rodriges yetakchiligidagi Kolumbiya terma jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvini o‘tkazadi.

Ikkinchi turdan o‘rin olgan uchrashuv 23 iyun kuni soat 22:00 ga belgilangan. Unda milliy terma jamoamiz Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi oxirgi bahs 28 iyun soat 4:30 da Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
12/06/2026 14:25
Ўрисни томи кетганми.