Israel Adesanya uzoq muddatli tanaffus olmoqchi

  • 14 oktabr, 2023, 13:58
  • 0
  • MMA

Sobiq UFC chempioni Israel Adesanya (24-3) faoliyatida uzoq muddatli tanaffus qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Men hech qanday bahona izlamayman. O‘sha kecha Striklend g‘alaba qozondi, chunki u eng yaxshi jangchi edi. U o‘z ishini yaxshi bajardi va shuningdek orqasida yaxshi jamoa xam bor edi. Men hech qachon bahona qilmaganman. Men unga kamarni berdim, lekin endi menga o‘zimni parvarish qilish uchun vaqt kerak va men uzoq vaqt jang qilmaslikni rejalashtiryapman. Men, albatta, nafaqaga chiqmayman, men o‘zimni nimalarga qodir ekanligimni bilaman. Men yana xohlagan natijalarimga erishish uchun hayot tarzimda o‘zgarishlar qilishim kerak deb xisoblayman. Men tiklanishni davom etyapman,biroq siz meni uzoq vaqt jangda ko‘rmaysiz”, -dedi Adesanya The Rock You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!