Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov bir kechada ringga ko‘tarilishi mumkin

  • 22 iyul, 2020, 16:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

15 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Matchroom" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu jang oqshomida Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur boks kechasida yana bir o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi mumkin. Aslida kechaning asosiy jangida Xulio Sezar Martines va Uilyams Arroyo ringga chiqishi kerak edi. Biroq, Martinesda nafas yo‘li infektsiyasi borligi sababli jang bekor qilindi. Ushbu voqelikdan so‘ng, markaziy jangda ringga chiqish uchun hamyurtimiz Isroil Madrimov va amerikalik Erik Uoker o‘zaro muzokaraga kirishgan. 

Tashkilot bilan kelishilgan holda, ushbu to‘qnashuv  vaqtinchalik WBA jahon chempionlik kamari uchun yoki oddiy 10 raundlik reyting jangi bo‘lishi mumkin.

Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) o‘zining oxirgi WBA eliminator jangida Charli Navarroni 6-raundda nokautga uchratib, 2-raqamli majburiy da’vogarga aylangan edi. Ammo hali chempionlik jangi uchun tashkilot tomonidan buyruq berilmadi.

37 yoshli Erik Uoker ( 20-2, 9 KO) so‘nggi 3 ta jangida ketma-ket g‘alaba qozongan. Oxirgi mag‘lubiyatini esa, 2018 yilda Brandon Adamsdan qabul qilib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!