
Istomin bugun o‘z yurishini boshlaydi
Hamyurtimiz Denis Istomin Italiyaning Bella shahrida o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada ishtirok etmoqda.
34 yoshli tennischimiz ushbu turnirni 1/16 final bosqichidan boshlaydi. Unga qarshi ilk uchrashuvda ukrainalik Ilya Marchenko kortga chiqadi. Ushbu turnir o‘zbek raketka ustalariga begona emas. 1999 yilda Oleg Ogorodov bu musobaqaning finalida o‘ynagandi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi. Avvalroq, Istomin koronavirus tufayli "Roland Garros"ni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.
Fikrlar