Istomin-chorak finalda!

  • 23 fevral, 2021, 22:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘istondagi musobaqada ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Yakkalik bahslarida 1/8 final yo‘llanmasini hal etgan vakilimiz juftlikda ham muvaffaqiyatli odimladi. Mezbonlar sharafini himoya qilayotgan Denis Evseev bilan tandem hosil qilgan yurtdoshimiz chorak final yo‘lida Frederiko Silva hamda Tomas Maxak juftligiga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan bellashuv O‘rta Osiyolik sportchilar foydasiga 3:6, 7:5, 10:7 hisobi bilan yakunlandi.

Endi ular yarim final chiptasi uchun shveytsariyalik Breyden Shnur va Piter Polanskiga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!