Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Istomin chorak finalga yo‘l oldi!

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Denis ishonch bilan g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz Denis Istomin Italiyaning Bella shahridagi "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun musobaqaning nimchorak final bosqichida italiyalik Stefano Napolitanoga qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Bahs tizginini o‘z qo‘lida ushlab tura olgan Istomin har ikki set davomida raqibidan bir bosh ustunligini ko‘rsatdi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:4.

Endi vakilimiz chorak final bellashuvida avstraliyalik Kristofer O'konnellga qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q