Italiya Superkubogining formati o‘zgardi
Italiya Superkubogi 2026 finalida «Inter» va «Latsio» bir o‘yinda to‘qnash keladi, Saudiya Arabistoni musobaqani qabul qilmaydi.
2026 yilgi Italiya Superkubogi uchun endilikda faqat ikki jamoa maydonga tushadi va g‘olib bir o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlandi.
Ushbu bahsda amaldagi chempion va Italiya kubogi sohibi «Inter» joriy mavsum kubok finalida mag‘lub etgan raqibi — «Latsio»ga qarshi o‘ynaydi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, uchrashuv 22 yoki 23 dekabr kuni o‘tkazilishi kutilmoqda. Bellashuv bo‘lib o‘tadigan stadion va shahar hali aniqlanmagan.
So‘nggi uch mavsumda Italiya Superkubogi yangi formatda, to‘rtta jamoa ishtirokida o‘tkazilar, musobaqa bahslari esa Riyod shahrida tashkil etilar edi.
Joriy mavsumda esa Saudiya Arabistoni poytaxti 2027 yil 7 yanvar – 5 fevral kunlari mamlakatda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik sabab Superkubokni qabul qilishdan voz kechdi.
Izohlar (0)