Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Jahon kubogi. To‘rabek Habibullaev raqibga imkon bermadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniy pallaga etib keldi.

Hozirgina -90 kg da To‘rabek Habibullaev va angliyalik Isaak Okoh jangi yakunlandi. Hamyurtimizning katta ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Habibullaev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni Mirazizbek Mirzahalilov va Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) qarama-qarshiligi kutmoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q